Messi terma jamoadagi xayrlashuv o‘yini oldidan bayonot berdi
Oxirgi oʻyin
Argentina terma jamoasi Beninga qarshi maydonga tushadi.
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi milliy jamoa bilan xayrlashish oldidan muxlislarga murojaat qildi.
39 yoshli forvard 2005 yildan beri Argentina sharafini himoya qilib keladi. U terma jamoa tarkibida jahon chempioni bo‘ldi, ikki bor Amerika kubogini qo‘lga kiritdi.
«Endi vaqti keldi. Men xotirjam ketyapman, chunki qo‘limdan kelgan barcha narsani berdim. Bu forma ko‘p yillar davomida mening orzum, iftixorim va butun umrim bo‘ldi», — deya ta’kidladi Messi adidas Football sahifasida joylashtirilgan videomurojaatida.
Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida turli musobaqalarda jami 207 o‘yin o‘tkazgan. U milliy jamoa tarkibida 125 ta gol urgan, 67 bor golli pas bergan.

Izohlar (0)