Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Messi terma jamoadan ketishi haqidagi posti bir soatda 2,4 million layk to‘pladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Leo yana hammaning e'tiborida

Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlayotganini e’lon qilgan sakkiz karra "Oltin to‘p" sohibi Lionel Messining ijtimoiy tarmoqdagi posti bir soat ichida 2,4 million layk to‘pladi. 

Ma’lumot uchun, Messi terma jamoadan ketish haqidagi maktubini aslida 21 iyul kuniyoq yozgan, ammo uni ommaga faqat hozir e’lon qildi.

39 yoshli Lionel Messi 2023 yildan buyon Shimoliy Amerikadagi Mahalliy futbol ligasi (MLS)da ishtirok etayotgan "Inter Mayami" klubi sharafini himoya qilmoqda. Undan oldin Evropada fransuzlarning PSJ jamoasida, shuningdek, uzoq yillar davomida ispanlarning "Barselona" klubida o‘ynagan. Kataloniya jamoasi tarkibida to‘rt marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, uch martadan UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan.

Messi 2022 yilda jahon chempioni bo‘lgan. Shuningdek, ikki bor jahon chempionatida kumush medal sohibiga aylangan (2014, 2026), 2008 yilda Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan. U 2021 va 2024 yillarda Qit’alar kubogini ikki marta qo‘lga kiritgan. "Oltin to‘p" mukofotini eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchi sifatida ham rekord unga tegishli.

Argentina terma jamoasi safida Messi 207 o‘yin o‘tkazib, 125 ta gol urgan. U ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha mamlakat terma jamoasi tarixida mutlaq rekordchi hisoblanadi. Afsonaviy hujumchi olti marta jahon chempionatida maydonga tushgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q