Messi va Ronalduning barcha davrlarning "Oltin to‘p"iga da’vogar

  • 20.10.2026 21:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bu yil ilk bor tarixda «Barcha davrlarning Oltin to‘pi» sovrini topshiriladi. Maxsus mukofot mashhur futbol anjumanining 70 yillik yubileyi munosabati bilan ta’sis etilgan.

Tashkilotchilar allaqachon ushbu tarixiy unvon uchun da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qilishdi. Nomzodlar orasiga o‘z faoliyati davomida ikki martadan «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan afsonalar kiritilgan. 

Ular quyidagilar: Alfredo Di Stefano (Ispaniya), Lionel Messi (Argentina), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Marko van Basten (Niderlandiya), Yoxan Kroyf (Niderlandiya), Karl-Xaynts Rummenigge (Germaniya), Mishel Platini (Fransiya), Ronaldo (Braziliya), Kevin Kigan (Angliya) va Frants Bekkenbauer (Germaniya).

«Oltin to‘p» — 2026 taqdimot marosimi 26 oktyabr kuni Angliya poytaxti London shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!