Messi va Ronaldu bir jamoadan joy oldi
Bu jamoani engib bo‘lmaydi...
Analitika va statistikaga ixtisoslashgan FourFourTwo portali barcha zamonlarning eng zo‘r o‘yinchilaridan tarkib topgan ramziy jamoa tuzib chiqdi.
Bu jamoaga eng nufuzli indiviual sovrin – “Oltin to‘p”ni eng ko‘p qo‘lga kiritgan ikki yulduz – Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ham kiritildi.
Ramziy jamoadan o‘rin egallagan bu ikki o‘yinchidan tashqari darvozabon Manuel Noyer ham professional faoliyatini davom ettirmoqda.
Ramziy jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon:
Manuel Noyer (Germaniya);
Himoyachilar:
Karlos Alberto (Braziliya), Paolo Maldini (Italiya), Bobbi Mur (Angliya), Franko Barezi (Italiya);
Yarim himoyachilar:
Lotar Matteus (Germaniya), Andres Inesta (Ispaniya), Diego Maradona (Argentina);
Hujumchilar:
Lionel Messi (Argentina), Pele (Braziliya), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya).
Izohlar (0)