Messi zo‘rlar reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi
The Athletic nashriAQSh, Meksika va Kanadada o'tayotgan jahon chempionati ishtirokchilari orasida eng kuchli futbolchilarning yangilangan reytingini e'lon qildi.
Yarim final bahslaridan so'ng ham Argentina terma jamoasi yetakchisi Lionel Messi ro'yhatning birinchi pog'onasini saqlab qoldi.
Fransiya terma jamoasi yulduzi Kilian Mbappe ikkinchi o'rinni egallagan, uchinchi pog'onaga esa Ispaniya yarim himoyachisi Rodri joylashgan.
The Athletic talqiniga ko'ra, JCh–2026ning eng yaxshi 10 futbolchisi quyidagicha:
1. Lionel Messi (Argentina).
2. Kilian Mbappe (Fransiya).
3. Rodri (Ispaniya).
4. Jud Bellingem (Angliya).
5. Garri Keyn (Angliya).
6. Erling Holand (Norvegiya).
7. Emerik Laport (Ispaniya).
8. Pau Kubarsi (Ispaniya).
9. Maykl Olise (Fransiya).
10. Usman Dembele (Fransiya).
Eslatib o'tamiz, 2026 yildgi jahon chempionati 11 iyundan boshlab AQSh, Kanada va Meksika shaharlarida o'tkazilmoqda. Musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi 19 iyul kuni AQShning Ist-Raterford shahrida bo'lib o'tadi.

Fikrlar