
Messini endi terma jamoaga kerak emasmi?
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messini sentyabr oyi yig‘inlari va uchrashuvlariga taklif qilmadi.
Skaloni bu holatni quyidagicha izohladi.
- Messi bilan gaplashdim va uning ahvolini surishtiribdi. Leo hali mashg‘ulotlarga kirishgani yo‘q va shu bois, uni terma jamoaga chaqirishga hali juda erta.
Messi ahvoli yaxshilanayotganini, lekin maydonga qachon qaytishini vaqt ko‘rsatishini aytdi. Safga qachon qaytishi hali aniq emas.
Terma jamoa sardorining keyingi yig‘inga chaqirtilishi uning klub miqyosidagi o‘yinlariga bog‘liq bo‘ladi, - dedi Lionel Skaloni.
37 yoshli Messi yozda Amerika kubogi musobaqasining finalida Kolumbiya terma jamoasi bilan bo‘lgan final uchrashuvida jarohat olgandi. O‘shandan beri mashhur futbolchi maydonga qaytgani yo‘q.
Fikrlar