Messi bilan elkama-elka o‘ynayotgan hujumchini Angliyada kutishmoqda

  • 26 oktabr, 2023, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fiorentina”da to‘p tepayotgan Nikolas Gonsales tez orada faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Florentsiyaliklar safida Gonsales sakkizta uchrashuvda beshta gol urdi va bitta assist amalga oshirdi. Uning urinishlari tufayli “Fiorentina” chempionatda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Bu hujumchi Argentina terma jamoasida Lionel Messi, Lautaro Martines va Xulian Alvares bilan yonma-yon o‘ynayapti. 2026 yilgi jahon chempionati saralashida Gonsales bitta gol urdi va Messiga golli pas uzatdi.

Nikolas Gonsalesga “Livepul” va”Chelsi” jiddiy qiziqish bildiryapti. 25 yoshli forvard uchun inglizlar 55-60 million evro miqdorida xarajat qilishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!