Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Messining yo‘qligiga ko‘nikish kerak

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jamoada jiddiy jarayonlar ketmoqda

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enzo Fernandez Burkina-Fasoga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvidagi yirik gʻalabadan (7:0) soʻng jurnalistlar savollariga javob berdi.

25 yoshli «Manchester Siti» futbolchisi maydonda 69-daqiqagacha oʻynadi, shundan soʻng almashtirildi. Ushbu bahs Fernandez uchun Argentina terma jamoasi safidagi 50-oyin boʻldi.

«Biz uchun Lionel Skaloni terma jamoada qolishi juda muhim edi, chunki aynan u bu jamoani yaratgan. Biz yuqori darajada kurashishni davom ettirishimiz kerak. Endi esa Leo Messining ketishini qabul qilib, u boshlab bergan yoʻlni davom ettirishimiz lozim», – deya Fernandezning soʻzlarini Argentina terma jamoasi matbuot xizmati keltirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 7 oktyabr kuni Buenos-Ayresda Benin terma jamoasiga qarshi oʻyin Lionel Messi uchun Argentina milliy jamoasidagi xayrlashuv uchrashuvi boʻladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q