"Metallurg" G‘ofurov transferini e’lon qildi

  • 13.02.2026 15:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Metallurg" tarkibni shakllantirish, kuchaytirish ishlarini ham jadal sur’atlarda olib bormoqda.

Bungacha Suhrob Sultonov va Vladimir Bubanya bilan shartnoma imzolagan bekobodliklar bu safar himoya chizig‘iga yana bir tajribali futbolchi Mirzohid G‘ofurovni taklif etishdi va shartnoma imzolandi.

Ma’lumot uchun, G‘ofurov 1988 yil 22 avgust kuni tug‘ilgan. Faoliyati davomida futbolchi "Mash’al", "Bunyodkor", "Navbahor" va "Neftchi" kabi klublarda to‘p tepgan.

Eslatib o‘tamiz, Mirzohid G‘ofurov o‘tgan mavsum "Navbahor" klubi safida harakat qildi. Superliganing 15 ta o‘yinda maydonga tushgan himoyachi 1 ta assist muallifiga aylangan.

Mirzohid G‘ofurov
Tug‘ilgan sanasi: 02.08.1988
Tug‘ilgan joyi: Namangan 
Ampluasi: Himoyachi
O‘ynagan jamoalari: "Mash’al", "Bunyodkor", "Navbahor", "Neftchi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!