Mikael Imer Frantsiyada g‘olib bo‘ldi
Zohir2018
U to‘rtinchi g‘alabasiga erishdi
Shvetsiyalik tennischi Mikael Imer "Chellenjer" turkumiga kiruvchi musobaqaning yakkalik bahslarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Frantsiyada o‘tgan ushbu o‘yinda Mikael frantsiyalik raqibi Matias Burkaga qarshi kortga chiqib, yakunda 6:1, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, "Chellenjer" musobaqasining g‘olibiga aylangan Imer, tashkilotchilar tomonidan 12,250 evro pul mukofti va 100 reyting ochkosi bilan taqdirlandi.

Izohlar (0)