Mikel Arteta Vinisius bilan bog‘landi
Vinisius Artetaning aytganini qiladimi?
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Real» hujumkor futbolchisi Vinisius bilan shaxsiy suhbat o‘tkazgani xabar qilinmoqda.
Manbalarga ko‘ra, mutaxassis braziliyalik futbolchiga London klubi uchun mo‘ljallanaotgan loyihasini taqdim etgan.
Arteta Vinisiusga uning qo‘shilishi «Arsenal»ni yangi bosqichga olib chiqishga yordam berishini ta’kidlagan.
Hozirda Vinisius «Real» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha oson kechmayotgan muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar hali umumiy kelishuvga erisha olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Vinisius «Flamengo» klubidan «Real»ga o‘tgan. Madrid jamoasi 2018 yilda futbolchi transferi uchun 45 million yevro to‘lagani qayd etilgan.
Izohlar (0)