«Milan» «Inter»dan oʻyinchini tortib olishi mumkin
«Tottenxem» himoyachisi Jed Spens 50 million yevro evaziga «Milan» klubiga o‘tishi mumkin
«Tottenxem» jamoasi himoyachisi Jed Spens yaqin orada Italiyaning mashhur klubi «Milan» safiga o‘tishi mumkin. Bu haqida sport jurnalisti Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, «rossoneri» 26 yoshli futbolchini sotib olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. London klubi o‘z himoyachisini taxminan 50 million yevro atrofida baholayapti. Spensga nisbatan qiziqishni ilgari «Inter» ham bir necha bor namoyon etgan.
Xabarlarga ko‘ra, avvalroq Jed Spens xizmatlariga «Roma» ham da’vogar bo‘lgan, ammo rimliklar «Tottenxem» qo‘ygan moliyaviy talablarni qondirishga tayyor emasligi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, futbolchi nomzodi «Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublariga ham taklif etilgan. «Liverpul» Spensdan darhol voz kechgan, «Manchester Yunayted» esa hozircha rasmiy javob bermagan.
O‘tgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 44 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq gol yoki golli pas bilan ajralib tura olmadi.
Izohlar (0)