Asosiy mazmunga oʻtish

"Milan" jamoa yulduziga narx belgiladi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Klub futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor

"Milan" hujumchisi Rafael Leau Angliya premer-ligasiga yo‘l olish mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

25 yoshli vinger xizmatiga APLning ikki top-klubi qiziqish bildirmoqda. "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasida futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.

"Milan" portugaliyalik futbolchi uchun 100 million evro taklif qilinsa, u bilan xayrlashishga tayyor.

Leauning "rossonerilar" bilan tuzilgan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallagan. Rafael 2019 yilning avgustidan beri Milan jamoasida to‘p tepib kelmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q