"Milan" Modrichning holati bo‘yicha ma'lumot berdi
"Milan" o‘zining rasmiy saytida yarim himoyachi Luka Modrichning holati haqida ma’lumot e’lon qildi.
Xorvatiyalik futbolchi dushanba kuni Milandagi klinikada operatsiya o‘tkazdi. 40 yoshli futbolchiga chap yonok suyakining ko‘p bo‘lakli sinishi sabab jarrohlik aralashuvi zarur bo‘lgan.
“Klub Modrichga Jahon chempionati oldidan tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Lukaning joriy mavsum boshqa o‘ynay olmasligi, ammo mundialga tayyor bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingan edi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda "rossonerilar"67 ochko bilan turnir javdalining 3-o‘rinidan joy olgan.

Fikrlar