«Milan»ning yangi bosh murabbiyi ma'lum
Ruben Amorim «Milan» bosh murabbiyi etib tayinlanishi kutilmoqda, u bilan 2028 yil iyunigacha shartnoma tuzilishi rejalashtirilgan.
Portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim yaqin kunlarda «Milan» jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlanishi kutilmoqda.
Futbol bo‘yicha ishonchli manbalardan biri sanalgan insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida 41 yoshli murabbiy bilan shartnoma borasida og‘zaki kelishuvga erishilgan.
Unga ko‘ra, Amorim bilan tuziladigan shartnoma 2028 yil iyunigacha amal qiladi, kelishuvni 2029 yil iyunigacha uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Xabar qilinishicha, mutaxassis barcha shartlarni qabul qilgan va shu hafta «Milan»ning yangi bosh murabbiyi sifatida rasmiy shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Italiya A Seriyasida «Milan» chempionatni beshinchi o‘rinda yakunladi va kelasi mavsum uchun Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqa olmadi. Ruben Amorim esa qishda «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etilgan edi.

Izohlar (0)