
Miochich Jon Jons bilan jang qilmoqchi
Og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Stipe Miochich yarim og‘ir vazn toifasi chempioni Jon Jons bilan jang qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Lekin, hozirda asosiy diqqat e’tiborini Daniel Korme bilan revansh jangiga qaratilganligini ham ta’kidlab o‘tdi.
“ Ha men u bilan jang qilishga tayyorman. Ammo, xozir u haqida o‘ylayotganim yo‘q. Mening asosiy e’tiborim 17 avgustdagi jangga qaratilgan”
Eslatib o‘tamiz: 17 avgust kuni super og‘ir vazn toifasida Korme hamda Miochich o‘rtasida revansh jangi o‘tkaziladi.
Fikrlar