Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mirko Elichich - "Lokomotiv" bosh murabbiyi!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 1

Yaqinda Grigoriy Kolosovskiy boshchiligidagi murabbiylar bilan xayrlashdi.

"Lokomotiv" yangi bosh murabbiyni e’lon qildi. Yaqinda Grigoriy Kolosovskiy boshchiligidagi murabbiylar bilan xayrlashilgan edi. 

"Uzoq yillar davomida "Lokomotiv" jamoasini boshqargan mutaxassis Mirko Elichich jonajon uyiga qaytdi. Avstraliyalik murabbiy va klubimiz o‘rtasida bir yarim yillik shartnoma imzolandi. Shuningdek, asosiy jamoamizning yangi murabbiylar shtabi ham tasdiqlandi:

Mirko Elichich - bosh murabbiy
Jamshid Saidov, Sadriddin Abdullaev - yordamchi murabbiylar
Alisher Axmedov - darvozabonlar murabbiyi

Mirko Elichich "Lokomotiv"ning 3 karra chempion bo‘lishida o‘zining katta xissasini qo‘shgan va o‘sha mavsumlarda jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan. Shuningdek, O‘zbekiston Kubogi va Superkubogini ham aynan Mirko Elichich murabbiylar shtabida bo‘lib, jamoaning boshqaruvida bevosita ishtirok etganida qo‘lga kiritganmiz.
Jamshid Saidov 2021 yilda "Buxoro" jamoasini boshqargan. 2022-2023-yillarda "Lokomotiv" tizimida faoliyat olib borib, 2024 yilda "Qizilqum" jamoasini boshqardi va ishlagan joylarida o‘zidan iliq taassurot qoldirgan.
"Lokomotiv" tarkibida 2 marta mamlakat chempionligi va 1 bora O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan Sadriddin Abdullaev 2021-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan va 2022-yilda "Lokomotiv"ning U19 jamoasini boshqargandi. Uning qo‘l ostida U19 jamoamiz 2022-yilda 8-o‘rin, 2023-yilda peshqadamdan 2 ochko ortda qolgan holda 4-o‘rin, 2023 yilda 6-o‘rin bilan yakunlagan.

Mirko Elichich va uning murabbiylar shtabi bilan biz yuqori marralarni zabt etishimizga ishonamiz hamda bosh murabbiyimizga omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyiladi klub matbuoti xabarida.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q