Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mirko Elichich - "Olimpik" bosh murabbiyi!

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Avstraliyalik murabbiy pro ligada ishlaydi.

2024 yilgi mavsumni omadsiz o‘tkazgan va pro ligaga tushib ketgan "Olimpik" klubi shuning fonida bosh murabbiy bo‘lib ishlagan Denis Korostichenko bilan xayrlashgandi.

Bugun esa klubga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Endilikda yangi mavsumda "Olimpik"ga muxlislarimizga yaxshi tanish bo‘lgan avstraliyalik Mirko Elichich bosh murabbiylik qiladi.

Bu borada klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda. O‘tgan mavsumda Mirko "Paxtakor" o‘rinbosarlarini boshqarib mamlakat chempionligiga olib kelgan. Shuningdek, 59 yoshli mutaxassis murabbiy sifatida 3 marotaba O‘zbekiston chempionligini ham qo‘lga kiritgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q