Mixail Biryukov Moskvada halok bo‘ldi

  • 9 oktabr, 2019, 09:50
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Rossiyalik 27 yoshli tennischi Mixail Biryukov Moskva shahrida joylashgan xonadonining hammomida jonsiz holatda topildi.

Mixailning ayni damda qanday tarzda vafot etgani haqida ekspertlar aniq bir narsa deya olmayapti. Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergov-surishturu ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, M.Biryukov Singapur shahrida o‘tgan o‘smirlar Olimpiadasining juftlik bahslarida sovrindor bo‘lgan. Tennischi rossiyalik beshkurash bo‘yicha to‘rt karra jahon chempioni Irina Kiselyovning farzandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!