Asosiy mazmunga oʻtish

Yakkakurashlar

MMA ustasi vafot etdi

Shahzod
Izohlar: 0

Braziliyadagi aralash jang san’atlari (MMA) jang kechasi fojiali tarzda yakun topdi.

Gap shundaki, engil vaznda ishtirok etuvchi Mateus Fernandes Obed Pereyraga qarshi jangdan so‘ng vafot etdi. Fernandes 31 mart kuni Manaus shahrida o‘tgan jang kechasida zarbalar seriyasini o‘tkazib yubordi va oktagonga quladi. 

Shu zahoti uni shifoxonaga olib borishadi, ammo bir necha bor yurak hurujiga uchragan sportchi yakunda vafot etadi. Ma’lumot uchun, Mateus Fernandes giyohvandlar uchun ishlab chiqilgan ijtimoiy dastur - janglar orqali sog‘lom hayotga qaytish dasturi asosida shug‘ullanib kelayotgan edi.

Uning o‘limiga jangda olgan jarohatlar emas, balki, aynan giyohvand moddaning miqdoridan ko‘p qabul qilinganligi sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q