Urra O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi ochildi... Xameleonlarga bayram!

CHERY AUTO

Kecha, o‘zbek sport olamida uzoq kutilgan voqeylik ro‘y berdi. Ya’ni MMA assotsiatsiyasi va nihoyat ochildi. Bu ajoyib yangilikdan qanchalik xursand bo‘lgan bo‘lsam,  ikkiyuzlamachilarni ko‘rib, rosa kulgim keldi. Baraka topkurlar o‘z vaqtida bu sport turini targ‘ib qilinishida, yurtimizda rivojlanishiga, ma’lum bir tashkilot ochilishi borasida aks fikr bildirar edinglarku... Ha endi nima bo‘ldi?

Tecno

Ba’zi bir jurnalistlarning reyaktsiyasini qarang, qanday ijobiy fikrlar...O‘z vaqtida qaerda edinglar? Qo‘rqoqlik qilgandinglarku... Shunday emasmi? Nima uchun, Sunnat Ilyasovni jahon chempioni bo‘lganligini, rahmatli Shavkat O‘roqovga rossiyalik Aleksandr Shlemenkoning o‘zi ham tan berganini, Ayubxon Kamalovning Qozog‘istondagi sarguzashtlarini, Kuat Xamitov bilan ikkinchi jangida noxaqlik qilinganini, Gulbahor Amantaevaning opa-singil Shevchenkolarni dahshatga solganligini, umuman natijalarini xalqqa, muxlislarga hozirgidek batafsil tanishtira olmagansizlar?

To‘g‘ri, Murod Xonto‘raevni bir vaqtlar universal jang, qo‘l jangi, yana boshqa turlar borasidagi  natijalari yoritilganidan xabarim bor edi. Lekin MMA yo‘nalishidagi ajoyib faoliyatini, u to‘g‘risida batafsil intervyularni 2014-15 yilga qadar ko‘rgan emasman. Mayli ularni yoritish, xalqqa tanishtirish o‘z qo‘lingizda bo‘lmas ekan, negativ fikrlar bildirmanglar edi... Endi esa maddohlik qilish umuman sizlarga yarashmabdi.

Ayniqsa, Bekzod Nurmatov, Muslim Omonovning fojealari ba’zi insonlarga yanada kuch bergandi.

Mana endi Otabek Umarov boshchiligida hamda ba’zi bir ushbu sport turining fidoyilari tufayli,  O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rasman tashkil etildi. Bu voqea og‘ziga kuchi etmaganlarning “paytavasiga qurt tushirdi”. Qarasaki, jiddiy insonlar tashabbus ko‘rsatmoqda.  Shunday ekan sekingina “XAMELEON”likni tanlay qolishdi.  :)

Mard bo‘linglar edi. O‘z fikringizda sobit qolganinglarda xurmatga sazovor bo‘lardinglar!

Aslida, bu sport turi borasidagi bilimlaring haminqadar bo‘lsa ham aks fikrlar bildirish borasida etakchi edinglar. Barakalla xameleonlar! Tezroq yopishinglar yangi assotsiatsiyaga... Zero, MMA borasidagi umuman yo‘q bo‘lgan bilimlaringiz va tasavvurlaringiz biroz bo‘lsa-da, oshsa ajab emas.

Yana takror aytaman ushbu qisqagina qarashlarim ba’zi birovlarga tegishli. Aytishadiku, “gap o‘z egasini topadi” deya.

Albatta, ushbu kunlarni kutgan hamkasblarimiz va boshqa soxadagi insonlar, muxlislar ko‘plab topiladi. Ularga aytar so‘zim esa “do‘ppini osmonga oting”, siz kutgan kunlar keldi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
BBS UZB
10/11/2019 17:55
...bu xususiy saytmi? Qarg'a qarg'ani ko'zini cho'qimaydi; agar kimdir nohaq bo'lsa, paytini poylab yuziga tarsaki tortish kerak degani emas. Inson(!)ligimizni unutmaylik hurmatli Eshmatov
&
BBS UZB
10/11/2019 18:00
Aslida o'zim ham ikkiyuzlamachilikni xush ko'rmayman. ) "IKKIYUZLAMACHI- JAMIKI NUQSONLARNI O'ZIDA JO QILGANDIR. BBS
&
Shoxrux MTJ
10/11/2019 16:08
Xa xamilyonlik bokschilarimizda kuchli ekan xammasi instagramiga rasm qoyibti ee orgildim laganbardor ikkiyuzlamachilar.. Israil madrimov yana shunga oxshashlar...