MMAchilarimiz “WEF Selection”da ishtirok etishadi
Ahmadbek Eshmatov
Hamyurtlarimiz Qirg‘izistonda oktagonga chiqishadi.
10 avgust kuni Qirg‘izistonning Norin viloyatida MMA bo‘yicha “WEF Selection” turniri bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada bir qator hamyurtlarimizning ham ishtiroki ko‘zda tutilgan. Jumladan, 66 kg dan Temur Xikmatov, 57 kg vaznda Miravaz Mirjalolov hamda Dilmurod Raximjonov, 66 kgda Ahadjon Jo‘raev, 61 kg vazn toifasida Rasuljon Qo‘chqarovlar oktagonga chiqishadi.
Izohlar (0)