Modrich faoliyatini yakunlashga qaror qildi
«Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich yaqin oylarda professional futbol bilan xayrlashishi mumkin. Xorvatiya terma jamoasi yulduzining «rossoneri» bilan amaldagi shartnomasi yakunlanish arafasida. Hujjatga ko‘ra, kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor, bu qarorni futbolchining o‘zi…
«Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich yaqin oylarda professional futbol bilan xayrlashishi mumkin.
Xorvatiya terma jamoasi yulduzining «rossoneri» bilan amaldagi shartnomasi yakunlanish arafasida. Hujjatga ko‘ra, kelishuvni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor, bu qarorni futbolchining o‘zi qabul qiladi. Ammo insayder Nikolo Skira ma’lumoticha, 40 yoshli havbek faoliyatini davom ettirish niyatida emas va jahon chempionatidan so‘ng butunlay katta sportdan ketishni rejalashtirgan.
Mundial 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika stadionlarida o‘tkaziladi. Xorvatiya terma jamoasi guruh bosqichida Angliya, Panama va Gana terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Modrich «Milan»ni tark etishga qaror qilgani, bunga klubning Chempionlar ligasiga chiqa olmagani asosiy sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Izohlar (0)