Modrich Pushkashni ortda qoldirdi
Modrich kecha bo‘lib o‘tgan "Valensiya"ga qarshi o‘yinda gol urdi
Luka Modrich "Real" tarixida gol urgan eng qariya futbolchiga aylandi.
Kecha bo‘lib o‘tgan "Valensiya" bilan bahsda 39 yosh-u 116 kunligida "Valensiya" darvozasini ishg‘ol etdi. Buning natijasida, "Real" 2:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, Modrich 1966 yilning 17 aprelida 39 yosh-u 15 kunligida "Sporting Xixon" bilan Ispaniya kubogi bahsida "Real" safida gol urgan Ferents Pushkashning rekordini zabt etdi.
Ayni vaqtda "Real" La Liga turnir jadvalida 43 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.


Izohlar (0)