Modrich Xorvatiya terma jamoasi rekordini yangiladi
Qarisa ham tinchimaydi
Xorvatiya terma jamoasi yetakchi yarim himoyachisi Luka Modrich milliy jamoa safida yubiley golini urdi. U Chexiya darvozasini ishgʻol etib, terma jamoa uchun 30-golini nishonladi.
Bu gol Modrich uchun yana bir tarixiy koʻrsatkichni ham yaratdi. Maʼlum boʻlishicha, 41 yosh 18 kunlik paytida u Xorvatiya terma jamoasi tarixida eng katta yoshda gol urgan futbolchiga aylandi.
Qiziqi shundaki, u bu rekordni ham oʻziga tegishli natijani yangilash orqali qoʻlga kiritdi. Yoz boshida, aniqroghi 112 kun avval, u Sloveniya ga qarshi oʻyinda ham eng katta yoshda gol urgan futbolchi sifatida tarixga kirgan edi.
Yaqin kunlarda Xorvatiya terma jamoasini yana uchta muhim oʻyin kutmoqda. Avvalo, jamoa Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi — bu oʻyinda Luka Modrich oʻzining yaxshi tanish chempionatida toʻp surayotgan futbolchilar bilan yana uchrashish imkoniyatiga ega boʻladi. Shundan soʻng xorvatlar Angliya terma jamoasiga qarshi bellashadi. Keyin esa jahon chempionlari bilan yana bir oʻyin rejalashtirilgan — ushbu bellashuv 6 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Izohlar (0)