Modrichdan keyin 10-raqamni kim oladi?

  • 10 fevral, 2024, 16:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Luka Modrich joriy mavsum yakunida "qirollik klubi"ni tark etishga yaqin turibdi. Xorvatiyalik futbolchining shartnomasi iyun oyi oxirida o‘z yakuniga etadi.

"Realmadridexclusivo" portali xabariga ko‘ra, hozirda Lukaga tegishli o‘ninchi raqam Eduardo Kamavingaga taklif qilingan, biroq frantsiyalik futbolchi bunga rad javobini bergan.

Bu raqamning egasi Mbappe bo‘lishi mumkin.  Kilianning Madridga kelishi tobora aniq bo‘lib bormoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Modrich 2012 yildan beri "qaymoqranglilar" safida to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda Luka 26 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 6 golga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!