Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Monako» Pogba bilan shartnomani bekor qildi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

«Monako» klubi fransuz yarim himoyachisi Pol Pogba bilan shartnomani o‘zaro rozilik asosida muddatidan oldin bekor qildi.

«Monako» klubi tajribali fransuz yarim himoyachisi Pol Pogba bilan shartnomani rasmiy bekor qildi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi bilan tuzilgan kelishuv tomonlarning o‘zaro roziligi asosida tugatilgan. «Monako» rahbariyati Pogbaga jamoaga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi va uning keyingi faoliyatiga omad tiladi. Pogbaning amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan edi. Shu bilan birga, so‘nggi oylarda ommaviy axborot vositalarida futbolchi Saudiya Arabistoni chempionati yoki MLS klublaridan birida faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Pol Pogba «Monako» tarkibida jami olti o‘yinda maydonga tushdi, xolos. Fransuz yarim himoyachisi mavsumning katta qismini jarohat bilan o‘tkazdi. Undan avval Pogba «Manchester Yunayted» va turinlik «Yuventus» jamoalari sharafini himoya qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q