Monte-Karlo kortlarining yangi g‘olibi aniqlandi
Musobaqaning final uchrashuvida italiyalik Fabio Fonini va serbiyalik Dushan Layovich o‘zaro raqobatlashdi. Uchrashuvda Fabio 6:3, 6:4 hisobida zafar quchib bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Monakoning Monte-Karlo shahrida o‘tkazilgan nufuzli "Rolex Monte-Carlo Masters" turnirida g‘olib nomi aniqlandi.
Mazkur g‘alaba Fonini uchun "Masters" turkumidagi ilk g‘alabani va 1000 reyting ochkosi hamda 958,000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini keltirdi.
Fikrlar