Monterreyda Magdalena Ribarikova xursand bo‘ldi
WTA tomonidan Meksikada o‘tayogan "Abierto GNP Seguros" musobaqasida slovakiyalik Magdalena Ribarikova ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Turnirning birinchi davrasida Magdalena yaponiyalik Misaki Doini 2:6, 7:6, 6:4 hisobida taslim qildi. Shuningdek, ushbu bosqichda Shtefani Fogele (Shveytsariya) va Ana Bogdan (Ruminiya) o‘zaro raqobatlashdi. Uchrashuv 7:6, 6:2 hisobida Shtefani foydasiga hal bo‘ldi.
Endi navbatdagi bosqichda M.Ribarikova hamda Sh.Fogele o‘zaro kuch sinashadi.

Fikrlar