
MOQ prezidenti doping masalasida gapirdi
Uchrashuv ayni paytda butun dunyo sportida asosiy mavzulardan biri bo‘lgan anti-doping masalasiga qaratildi. Unda MOQ, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, barcha sport federatsiyasilari rahbariyati va OAV xodimlari ham ishtirok etishdi.
“Ayni paytda doping bilan bog‘liq masala butun jahon sportida asosiy mavzulardan biri bo‘lib turibdi. Shu o‘rinda Xalqaro anti-doping agentligi (WADA) ta’qiqlagan preparatlardan saqlanishga e’tiboringizni qaratishingizni so‘rab qolaman. Bu borada muhtaram Prezidentimiz o‘tgan yilning 4 sentyabr kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ham alohida ogohlantirib o‘tgan edilar. Hozirda og‘ir atletika federatsiyasi birinchi bo‘lib ichki chempionatida doping tahlillarini olish bo‘yicha tashabbus bilan chiqdi va biz buni qo‘llab-quvvatladik. WADA ta’qiqlagan dori vositalarini sportchilarimizga berib, qo‘pol qilib aytganda, mamlakatimizning imidjiga putur etkazmanglar”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.
Yig‘ilish davomida, shuningdek, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi va O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (O‘zMADA) bilan ishlash, atletlarga berilayotgan farmakologik vositalarning tarkibini doimo nazorat qilib borish masalalariga alohida urg‘u berib o‘tildi.
Manbaa: MOQ rasmiy sayti
Fikrlar