Mourin'oga "yangi Modrich" kerak
Joze Mourin'yu «Real» rahbariyatidan markaziy himoyachi va Luka Modrich uslubidagi yarim himoyachi olib kelishni so‘ramoqda.
Madridning"«Real" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu klub rahbariyatidan tarkibni jiddiy kuchaytirishni so'rashda davom etmoqda.
MARCA nashri xabar berishicha, portugalialik mutaxassis rahbariyatdan ikki pozitsiya uchun yangi futbolchilar olib kelishni so'ragan. Mourin'yu markaziy himoyachi va maydon markazida o'ynaydigan, uslubi Luka Modrichga yaqin bo'lgan yarim himoyachini jamoaga qo'shib olishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourin'yu shu yil yozida "Real"ni qabul qilib olgan. U bosh murabbiy sifatida jamoani avval boshqarib kelgan Alvaro Arbeloani almashtirdi.
O'tgan mavsum yakuniga ko'ra madridliklar birorta sovrin qo'lga kirita olmadi. Ispaniya chempionatida jamoa musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinni egalladi, "Barselona"dan esa atigi ikki ochko orqada qoldi.

Izohlar (0)