Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mourin'oni yo'qotinglar!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jozening Madridda ham dushmanlari bor

«Real» sobiq futbolchisi Ipolito Rinkon jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo faoliyati yuzasidan oʻz munosabatini bildirdi.

Veteran portugaliyalik mutaxassis ishini keskin tanqid qildi. Uning fikricha, Mourinyo Madrid klubini tark etishi kerak.

«Men Mourinyoning «Real Madrid»dan ketishini istayman. U «Real»ga mos kelmaydi, jamoaning oʻyin uslubiga ham, klubning oʻziga ham, uning muxlislariga ham toʻgʻri kelmaydi, deb hisoblayman», — deya Rinkonning soʻzlarini Cope keltiradi.

Joze Mourinyo yozda «Real»ga qayta chaqirilgan edi. Madrid klubi unga jamoani omad siz yakunlangan mavsumdan soʻng ishonib topshirdi. Ōshanda jamoaga Xabi Alonso va Alvaro Arbeloa rahbarlik qilgan edi. Yangi mavsum madridliklar uchun bir xil baholanmayapti: hozircha jamoa La Ligada toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q