Mourin'yo: «Bellingem — betakror oʻyinchi»
Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu jamoa yarim himoyachisi Jud Bellingem haqida fikr bildirdi.
«Bellingem — oʻziga xos futbolchi. U «Real» uchun juda muhim, lekin men koʻproq butun jamoa haqida gapirishni maʼqul koʻraman. Har bir oʻyinchimdan mamnunman. Biz maydonda bir butun jamoa sifatida harakat qilishimiz kerak. Muxlislar stadionga aynan shu futbolchilarni koʻrish, ularning jamoaviy oʻyini va gʻalabalarini tomosha qilish uchun keladi», — dedi Mourin'yu matbuot anjumanida.
Yangi mavsumda 23 yoshli Bellingem Ispaniya chempionatidagi ikki uchrashuvda maydonga tushdi, bir gol urdi va ikki bor hamjamoasiga golli pas berdi.

Fikrlar