Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mourin'yo: Endrikni "Real"da men qoldirdim

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Murabbiyning gapi gap

«Real» jamoasining bosh murabbiyi Joze Mourin'yu yosh hujumchi Endrik bu yozda Madrid klubini tark etmasligini ma'lum qildi. 

Portugaliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchining ketishiga shaxsan to‘sqinlik qilganini aytdi.

«Endrik – menga juda yoqadigan futbolchi. Unga boshqa jamoalardan takliflar juda ko‘p bo‘ldi. Lekin men uni jamoada qoldirishni istadim. Shuning uchun Endrikni na ijaraga berdik, na sotdik», - deya ta'kidladi Mourin'yu matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Endrik «Lion» tarkibida ijara asosida o‘ynagan edi. U lionliklar safida barcha musobaqalar doirasida 21 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q