Mourinyo: Hоy Mbappe, kamtarroq bo‘l!

  • 08.10.2026 12:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo klub yulduzi Kilian Mbappega omma oldida o‘zini yanada kamtarroq tutishni tavsiya etdi.

L'Equipe nashri yozishicha, portugaliyalik mutaxassis 27 yoshli fransuz hujumchisidan jamoa manfaatlarini inobatga olgan holda, ijtimoiy maydonda ehtiyotkorroq va so‘zlarida ham, xatti-harakatlarida ham e'tiborliroq bo‘lishni so‘ragan. Chunki Mbappening shaxsiy hayotidagi ba'zi holatlar klub obro‘siga ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi ta'kidlangan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yaqinda Kilian Mbappe qiz do‘sti bilan tungi klublardan birida ko‘ringani jamoatchilik va muxlislar orasida muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shuningdek, tizzasidan olgan jarohatidan tiklanish jarayonida velosiped minib yurgani uchun ham hujumchi tanqid ostida qolgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Kilian Mbappe Ispaniya chempionatida «Qirollik klubi» safida yetti o‘yin o‘tkazib, yetti gol urdi va ikki golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!