Mourin'yo: "Men Yamalni "Real"da ko‘rishni istamayman"
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourin'yu «Barselona»ning yosh yulduzi Lamin Yamalni oʻz jamoasida koʻrishni istar-istamasligi haqidagi savolga javob berdi.
Mourin'yuning taʼkidlashicha, Yamal yuqori salohiyatga ega boʻlgan isteʼdodli futbolchi, ammo «Real» tarkibi unga ehtiyoj sezmayapti.
«Yoʻq. U, shubhasiz, ajoyib oʻyinchi. Juda yosh, lekin ulkan imkoniyatga ega. Uning yoshida Evropaga va jahonga chempion boʻlish – bu haqiqatan ham ishonmaslikka arziydigan natija. Lekin bizda allaqachon juda kuchli tarkib bor.
Men jamoamga boshqa hech kimni qoʻshmasdim. Hozirgi tarkib – bu mening yigitlarim. Ular – eng yaxshilari», – deya taʼkidladi Mourin'yu.

Fikrlar