Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mourin'yo: Raqiblar Vinisiusni ataylab urishyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Murabbiy raqiblarni tanqid qildi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu jamoa hujumchisi Vinisius Juniorn'i himoya qilib chiqdi.

Portugaliyalik mutaxassis Ispaniya chempionati doirasida «Espan'ol»ga qarshi o'yindan so'ng bildirishicha, raqib futbolchilar maxsus ravishda Vinisiusning oyoqlariga zarba berib, uni doimiy ravishda asabiylashtirishga urinigan.

«Birinchi daqiqadanoq g'oyoki shunday sxema ishga tushadi: “hozir men uraman, keyin sen urasan”. Natijada biri o'yin davomida sariq kartochka olib maydonni tark etadi, o'rniga esa ogohlantirish olmagan boshqa futbolchi tushadi va hammasi yana davom etaveradi. 

Biz bulling va turli provokatsiyalarga qarshi kurashilayotgan davrda yashayapmiz, ammo bu Viniga taalluqli emasdek. Uni doim provokatsiya qilishadi», – deya Mourin'yuning so'zlarini keltiradi AS nashri.

Eslatib o'tamiz, «Real» safarda «Espan'ol» ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Vinisius 32-daqiqadan boshlab sariq kartochka bilan o'ynashga majbur bo'ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q