Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mourin'yo "Real"da kutilmagan o'zgarish qiladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Joze shunga majbur

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourin'yu jamoa tarkibidagi muammolar tufayli Trent Aleksandr-Arnoldning maydondagi pozitsiyasini oʻzgartirishga majbur boʻlmoqda.

Yangi mavsum Chempionlar Ligasidagi debut uchrashuvi oldidan madridliklar ixtiyorida faqat ikki nafar yarim himoyachi qolgani maʼlum qilingan edi. Qolgan futbolchilar jarohat va diskvalifikatsiya sabab oʻyinga yetisha olmaydi.

OkDiario nashrining yozishicha, Mourin'yu Aleksandr-Arnoldni yarim himoya chizigʻida sinab koʻrish niyatida. Ayni paytda aynan shu futbolchi markaziy zonaga siljishi mumkin boʻlgan asosiy nomzod sifatida koʻrilmoqda.

Chempionlar Ligasining birinchi turida «Real» Milaning «Inter» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q