Mourin'yo Vinisius masalasini hal qildi
Jozening gapi gap!
Madridning «Real» klubi mashhur bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa tarkibida braziliyalik vinger Vinisius Juniornı saqlab qolish niyatida ekani ma’lum qilindi.
Bu haqida futbol olamida insayder sifatida tanilgan jurnalist Fabrizio Romano ma’lumot berdi.
- Joze Mourinyo Vinisius Junior bilan yangi shartnoma borasidagi muzokaralarda shaxsan ishtirok etyapti. U braziliyalik futbolchining jamoada qolishini qat’iy talab qilmoqda.
«Real» bu jarayon muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonayapti. Joze klub rahbariyatiga Vinisiusni saqlab qolishni istashini aytdi, shuningdek, futbolchiga kelajakda unga bog‘liq rejalari haqida ham ma’lum qildi, — deb yozadi Romano o‘zining X sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ommaviy axborot vositalari Londonning «Arsenal» klubi Vinisius Juniorga jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabar tarqatgan edi. Angliya klubi Braziliya terma jamoasi a’zosini sotib olish uchun salmoqli taklif tayyorlayotgani aytilmoqda.

Izohlar (0)