Mourin'yo "Barsa"ning "Real"dan ustun ekanini tan oldi
"El klasiko"da kim yutadi?
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar ligasida «RB Leyptsig» ustidan 4:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng bo‘lib o‘tadigan «el klasiko» haqidagi savollarga javob berdi.
- «El klasiko» oldidan o‘zingizni 0 dan 10 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha qay darajada ishonchli his qilasiz?
- «El klasiko» haqida gap ketganda, «ishonch» degan so‘z unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Bu – chempionat doirasidagi navbatdagi o‘yin, lekin bir vaqtning o‘zida boshqa barcha uchrashuvlarga o‘xshamaydigan bellashuv.
Nima bo‘lishini kutamiz, maydon ko‘rsatadi. Bizda «Barselona»ga nisbatan tiklanish uchun 24 soatga kam vaqt bor. Lekin baribir tayyorlanib olamiz, – dedi Mourinyo Movistar telekanaliga bergan intervyusida.
«Barselona» va «Real» o‘rtasidagi «el klasiko» yakshanba, 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Kataloniya klubi La Liganing dastlabki to‘qqiz turini birorta ochko yo‘qotmasdan o‘tdi. Madrid jamoasi esa hozircha raqibidan olti ochko kam to‘plagan.

Izohlar (0)