Mourinyo :«Bu adolatsizlik»
Mourin'yu «Barselona» bilan «Real»ni taqqoslashni adolatsiz, chunki «Real» hali to‘liq shakllanmagan jamoa ekanini aytdi.
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourin'yu matbuot anjumanida jamoasi va «Barselona» oʻrtasidagi taqqoslashlar haqida fikr bildirdi.
- Sizningcha, odamlar «Barselona»ni ortiqcha maqtab, «Real»ni esa haddan tashqari tanqid qilayaptimi?
- Agar bir hafta oldin kimdir biz yirik hisobda magʻlub boʻlishimizga ishongan boʻlsa, ehtimol, hali ham oʻsha fikrda qolgan. Odamlar «Barselona» haqida iliq gapirishidan men bezovta emasman. Rostini aytsam, ular bu maqtovlarga arzaydi, chunki juda koʻp yaxshi ish qilishyapti.
Bizga kelsak… biz haqimizda koʻpincha «butunlay shakllangan jamoa» sifatida gapirishadi, lekin bu haqiqatdan ancha yiroq. Biz bor-yoʻgi uch oydan beri birga ishlayapmiz, mavsumoldi tayyorgarlik ham futbolchilar bosqichma-bosqich jamoaga qoʻshilib borgan sharoitda oʻtdi.
Hozir biz dastlabki bosqichdamiz: murabbiy futbolchilarni oʻrganyapti, vaziyatni tahlil qilyapti, keyingi yoʻlni belgilayapti. Futbolchilar esa, oʻz navbatida, murabbiyni anglab olishga harakat qilishyapti. koʻp yillardan beri birga oʻynab kelayotgan jamoa bilan bizga oʻxshagan yangi shakllanayotgan tarkibni solishtirish – adolatdan emas, – dedi Mourin'yu.
«Barselona» va «Real» oʻrtasidagi uchrashuv 25 oktyabr kuni soat 23:00 da Moskva vaqti bilan start oladi.

Izohlar (0)