Mourin'yo intriga qilyapti

  • 25.04.2026 11:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyo oʻz kelajagi haqidagi savolga javob berishiga toʻgʻri keldi.

- Hamma vaziyatni biladi. Mavsum tugagach, bizda hamkorlikni davom ettirish yoki ajralish masalasini hal qilish uchun 10 kun vaqt boʻladi. Men barcha gaplarimni allaqachon aytganman. Yetarlicha gapirildi, hatto ehtimol kerakidan ham koʻprogi aytildi, shuning uchun takrorlashdan hech qanday maʼno yoʻq. Va shu bilan tamom, - dedi Mourinyo.

Avvalroq Mourinyo yozdan keyin ham “Benfika”da qolishni istashini bildirgan, biroq uning kelajagi klub pozitsiyasiga bogʻliq ekanini taʼkidlagan edi.

“Real” yoki Portugaliya futbol federatsiyasidan takliflar haqidagi savolga murabbiy shunday javob berdi: “Bu mavzu boʻyicha boshqa hech narsa aytgim kelmaydi. Men “Benfika” haqida barchasini aytdim va endi boshqa izoh bermayman.

63 yoshli mutaxassis portugalialik ommaviy axborot vositalarida uning klub prezidenti Ruy Koshta bilan mojarolashgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Portugialik murabbiyning “Benfika” bilan shartnomasi 2027 yil iyunigacha amal qiladi, ammo unda tomonlardan biri tashabbusi bilan hamkorlikni muddatidan oldin bekor qilish imkoniyati mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!