Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mourino maqsadini aytdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

Mourino o‘zini kuchli murabbiy ekanini ta’kidlamoqda

“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va o‘zining murabbiy sifatida imkoniyatlari haqida gapirdi.

- “Roma” xo‘jayinlari klub tarixida o‘z izini qoldirmoqchi. Ular klub uchun juda muhim ishlarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Barchamiz “Roma” kelajakda  muvaffaqiyat qozonishini istaymiz.

Men hozir murabbiy sifatida avvalgidan ancha kuchliman. Gapim jiddiy. Men yanada kuchayganimni his qilyapman. Chunki bu soha tajriba juda katta ahamiyat kasb etadi, - dedi Mourino.

Ma’lumki, portugaliyalik mutaxassis 2009-2010 yilgi mavsumda “Inter”ni boshqargan va milanliklar bilan Italiya chempionati va kubogi, Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

“Roma” joriy mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi va UEFA Konferentsiyalar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritish uchun kurashmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q