Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mourino o‘zini maqtashdan to‘xtamayapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Boshqa murabbiylar unga havas qilsin

“Roma”dan haydalganidan beri ishsiz yurgan Joze Mourino vaqtini jurnalistlarga intervyu berishga bag‘ishlayapti.

Portugaliyalik mutaxassis so‘nggi ish joyi – Rim klubida erishgan natijalari bilan maqtandi.

- Men keyingi ikki yilda ikkita finalda ishtirok etgan evropalik yagona murabbiyman. Shu bois, hozirgi kun haqida gaplashaylik.

20 yil oldin Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanimga aybdor emasman. Agar siz murabbiylardan “ikki marta ketma-ket Evrokuboklar finalida ishtirok etishni istaysimiz?” deb so‘rasangiz, 90 foizi bunga rozilik beradi, - dedi Joze Mourino.

Taniqli murabbiy qo‘l ostida rimliklar Konferentsiyalar kubogi va Evropa Ligasi kubogi finalida ishtirok etgan. “Roma” Konferentsiyalar kubogining ilk g‘olibi sifatida tarixga kirdi. O‘sha payt rimliklar safida o‘ynagan Eldor Shomurodov ham ushbu musobaqa g‘olibiga aylangan.

Umuman olganda, “Roma” qariyb uch yil ichida Joze Mourino bosh murabbiyligida 96 ta uchrashuvda maydonga tushib, 44 ta g‘alaba, 23 ta durang va 29 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Mourino murabbiy sifatida “Tottenxem”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Real”, “Inter”, “Portu”, “Leyriya” va Benfika”da ishlagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q