Mourinyo "Real" oʻyinini qanday baholadi?
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo joriy mavsumda jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin haqida fikr bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, jamoadа o‘tkazgan qisqa vaqt ichida barcha rejalarni amalga oshirishning iloji yo‘q. Mourinyoning aytishicha, madriddiklarni oldinda hali uzoq va mas’uliyatli yo‘l kutmoqda.
«Mening jamoalarimda “daxlsiz” futbolchilar yo‘q, bu tushuncha menga yoqmaydi. Futbolchining haqiqiy maqomi faqat maydondagi o‘yini bilan belgilanadi», — deya Mourinyoning so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda «Real» Ispaniya chempionati jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar