Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mourin'yo: “Roma” faoliyatimdagi eng yaxshi jamoa”

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

U Italiya klubini 2021 yildan 2024 yilgacha boshqargan

Soʻnggi paytlarda nomi "Real Madrid"dagi faoliyati bilan bogʻlanayotgan portugaliyalik mashhur mutaxassis Joze Mourinyo "Roma" haqidagi xotiralari bilan oʻrtoqlashdi. U Italiya klubini 2021 yildan 2024 yilgacha boshqargan.

- "Rim mening faoliyatimdagi eng yaxshi joy edi. Men hech qachon futbol jamoasi atrofida bunday ajoyib muhitni his qilmaganman. "Olimpiko" har doim oʻyinchilarga shunday munosabatda boʻladi. Katta umidlarmi? Bu muammo emas", - deya murabbiyning soʻzlarini keltiradi II Giornale.

- "Biz Konferensiyalar ligasida gʻalaba qozonganimizda, bayram aqlidan ozgan edi: men hech qachon bunaqasini koʻrmaganman, hatto Chempionlar Ligasidagi gʻalabalarim paytida ham", - deya qoʻshimcha qildi hozirda "Benfika"da ishlaydigan mutaxassis.

Konferensiyalar ligasidagi gʻalabadan tashqari, Mourinyo "Roma" bilan Yevropa Ligasi finaliga chiqqan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q