Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mourino “Roma”ga dam berdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mourino shogidlarining o‘yinidan qoniqmadi

“Roma” futbolchilari Yaponiyada tashkil etilgan bir haftalik o‘quv-mashg‘ulotlaridan keyin Rimga qaytib keldi.

Bosh murabbiy Joze Mourino bugundan e’tiboran jamoaga 12 kunlik ta’til berdi. Bu vaqt mobaynida ular Qatardagi jahon chempionatini tomosha qilib, o‘zlariga motivatsiya olishi kutilmoqda.

Manbalarning ma’lum qilishicha, Yaponiyada o‘tkazilgan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida “Roma” futbolchilari namoyish qilgan o‘yin Joze Mourinoga ma’qul kelmagan.

“Roma” yangi yil oldidan yana bir xorijiy yig‘in tashkil qiladi. Bu gal Mourino shogirdlarining imkoniyatlarini Portugaliyada o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda sinab ko‘radi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q