Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Mourin'yo: Ketishga shoshmay tur!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jozening fikri o‘zgardi

Markaziy hujumchi Gonsalo Garsiya kelasi mavsumni ham Madriddning «Real» jamoasida o‘tkazishi mumkin. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Qirollik klubi» bosh murabbiyi Joze Mourinyo ispaniyalik futbolchini jamoada saqlab qolish tarafdori. 

Mutaxassisning fikricha, hozirgi tarkibda Garsiyaga o‘xshash o‘yin uslubiga ega boshqa hujumchi yo‘q. Portugaliyalik murabbiy o‘tgan mavsumda kam maydonga tushganiga qaramay, Gonsaloni klubda qolishga ko‘ndirishni istamoqda.

O‘tgan mavsumda Garsiya hisobiga sakkizta gol va uchta golli uzatma yozdi. 22 yoshli hujumchining «Real» bilan tuzgan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q