Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Mourinyo Vinisiusni jahlinni chiqar­moqchi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vinisiusni avvalgi holatiga qaytarishmoqchi

«Real Madrid» hujumchisi Vinisius Juniyor hozircha o‘zining eng yaxshi holatida emas. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo shu bois yaqinidagi o‘yinni braziliyalik futbolchi zahirada boshlashi kerak, degan qarorga kelgan. 

Bu Vinisiusni to‘liq zahirachiga aylantirish emas, balki yulduz futbolchini yanada ruhlantirishga qaratilgan taktik qadam sifatida baholanmoqda.

Defensa Central nashri yozishicha, «Mourinyo Vinisiusdan kerakli reaktsiyani olishni, shu bilan birga futbolchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini ham saqlab qolishni ko‘zlamoqda», - deyiladi maqolada.

Mourinyu rejasiga ko‘ra, Vinisius «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinni zahirada boshlaydi va o‘yin davomida maydonga tushiriladi. Keyingi uchrashuvlarda esa portugaliyalik murabbiy braziliyalikni yana asosiy tarkibga qaytarishni mo‘ljallamoqda.

Mourinyo Vinisius «Barselona»ga qarshi «el-klasiko» uchrashuvigacha optimal sport formasiga qaytishiga umid qilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q