Moykano navbatdagi raqibni jangga chorladi

  • 4 fevral, 2024, 17:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Engil vazndagi braziliyalik jangchi Renato Moykano "UFC Fight Night 235" turnirida Dryu Doberni mag‘lub etganidan so‘ng o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

Salom, MMA Guru You Tube kanali !!! Siz Dober meni nokautga uchratishini aytgandingiz, chunki men bir yildan ortiq jang o‘tkazmagan edim. Bugun esa men o‘sha badbasharaga saboq berib qo‘ydim. Men aslida, Dryu Doberning eng katta muxlislaridan biriman. Men engil vaznda qatnashganimda, u qanday qilib raqiblarini nokautga uchratganini ko‘rganman. Bugun esa men uni mag‘lub etdim. Dryu, men seni hurmat qilaman, aka. Keyingi raqibim – Den Xukerga kelsak, u katta muammoga duch keladi. Men uni Braziliyadagi "UFC 301" musobaqasida mag‘lub etmoqchiman”, — dedi Moykano jangdan keyin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!